10:45 / 23.06.2022
1 244

Amerika grantlari hisobidan «English Speaking & IT-nation» qo‘shma dasturini amalga oshirish muhokama qilindi

Amerika grantlari hisobidan «English Speaking & IT-nation» qo‘shma dasturini amalga oshirish muhokama qilindi
Foto: Mitc.uz
Ayni kunlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Tashrifdan asosiy maqsad — Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

21 iyun kuni Vashington shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Osiyo byurosi administratori assistenti o‘rinbosari Anjali Kaur o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi favqulodda va muxtor elchisi J.Vahobov ham ishtirok etdi.

Foto: Mitc.uz
Uchrashuvda Amerika grantlari hisobidan «English Speaking & IT-nation» qo‘shma dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Foto: Mitc.uz
Uchrashuv davomida kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investisiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerika grantlari hisobidan «English Speaking & IT-nation» qo‘shma dasturini amalga oshirish muhokama qilindi