Foto: Shutterstock
Litva «ehtimol» Rossiyadan kelgan «kuchli» kiberhujumga uchradi. Bu haqda 27 iyun, dushanba kuni Milliy kiberxavfsizlik markazi direktori vazifasini bajaruvchi Yonas Skardinskas ma’lum qildi. Litva Mudofaa vazirligi hujum Litva davlat muassasalari va xususiy kompaniyalariga qaratilganligini ta’kidlab, eng jiddiy DDoS hujumlariga qarshi kurash olib borilganini va xavfsiz Milliy ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i xizmatlari tiklanganini ta’kidladi.
Skardinskasning so‘zlariga ko‘ra, «yaqin kunlarda, ayniqsa, transport, energetika va moliya sohalarida bunday hujumlar davom etishi ehtimoldan xoli emas». Uning ta’kidlashicha, kiberhujum Rossiyadan kelayotgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSH, Polsha va Germaniyadagi davlat saytlariga kiberhujumlar ortida turgan kremlparast Killnet hakerlar guruhi Telegram’da Litva hukumatidan 48 soat ichida «Kaliningradga tranzitni blokdan chiqarishni» talab qilgan videoni e’lon qilgandi, aks holda, hakerlar «mamlakatdagi 500 dan ortiq kompaniya og‘ir sharoitda qoladi», deb tahdid solgan.
Moskva avvalroq Vilnyus tomonidan Rossiyadan Kaliningrad oblastiga bir qator yuklarning temiryo‘l tranzitiga kiritilgan cheklovlarga qarshi norozilik bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»