date
views 1 767

Hamyonbop Nokia G11 Plus Android-smartfoni namoyish etildi

Hamyonbop Nokia G11 Plus Android-smartfoni namoyish etildi
Foto: GizmoChina
Nokia kompaniyasi hamyonbop G11 Plus smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi GizmoChina.

Smartfon piksellari nisbati 1600x720 boʻlgan HD+ sifatni qoʻllab-quvvatlovchi 6,5 dyuymli displey bilan jihozlangan.

Qurilma 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotira bilan sotuvga chiqadi. Ichki xotirani MicroSD yordamida 512 gigabaytga etkazish mumkin. Ishlab chiqaruvchi smartfon ichiga qanday protsessor oʻrnatilganini ma'lum qilmagan, biroq taxminlarga koʻra, bu — sakkiz yadroli Unisov T606 chipi.

Apparat orqa panelidan ikkitalik kamera oʻrin olgan boʻlib, ulardan biri 50 megapikselli asosiy datchik, ikkinchisi esa 2 megapikselli qoʻshimcha ob'ektiv. Old tomonida selfi va videoqoʻngʻiroqlar uchun 8 megapikselli kamera joylashgan.

Yangi qurilma Android 12 operatsion tizimi yordamida boshqariladi. Smartfon ikki yil davomida yangilangan operatsion tizimni va uch yil xavfsizlik patchlarini oladi. Akkumulyator sigʻimi 4000 mA/soatni tashkil etadi.

Telefon ikki xil — qora-kul rang va koʻk ranglarida sotuvga chiqadi. Ayni vaqtda kompaniya narxlarga oid ma'lumotlarni oshkor etmagan, shunday boʻlsa-da, qurilma narxi 150 dollar atrofida boʻlishi taxmin qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hamyonbop Nokia G11 Plus Android-smartfoni namoyish etildi