09:30 / 01.07.2022
1 921

Internetda o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi

Internetda o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi
Hozirgi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish oson emasligini ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev Besh tashabbus olimpiadasi va internetda milliy kontentni rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.

«Mahallalardagi 6 milliondan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Besh tashabbus olimpiadaci yo‘lga qo‘yildi. Agar sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz, endi Besh tashabbus olimpiadasini har yili 2 marotaba o‘tkazamiz», — dedi davlat rahbari.

«Yana bir muhim masala — bugungi yoshlar o‘ziga kerakli ma’lumotlarni, avvalo, internetdan olmoqda.

Shunday ekan, internetning milliy segmentida yoshlarni o‘ziga jalb qiladigan, tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz haqida ishonarli va qiziqarli ma’lumot beradigan kontentlar yetarlimi?

Afsuski, bu savolga ijobiy javob berolmaymiz.

Men hozirgina uchrashgan Mehrinoz Abbosova boshchiligidagi bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan dunyoning eng ommabop elektron ensiklopediyasi – Vikipediyaga 10 mingdan ortiq o‘zbek tilidagi maqolalar joylanganini eshitib, xursand bo‘ldim
», — deya ta’kidladi Mirziyoyev.

Prezident bunday ezgu va xayrli loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytib, ana shu tajriba asosida, internet tarmog‘ida o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi, dedi.

«Bunda, davlatchiligimiz tarixini matnli va video kontentlar orqali targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratish kerak.

Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan 100 nafar buyuk alloma va mutafakkirlarning internetdagi ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning asarlarini ommalashtirish choralarini ko‘ramiz.

Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkazish va xorijiy tillarda ham O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish yaxshi samara berishi shubhasiz.

Ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bunday tadbirlarga, bilimli va shijoatli volontyor yoshlarni jalb qilish hamda ularning faoliyatini tizimli ravishda rag‘batlantirib borish lozim
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internetda o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi