Samara universiteti olimlari COVID-19 dan aziyat chekkan organizmning nafas olish va qon aylanish tizimlarini tiklash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan simulyator-niqobni ishlab chiqdi. Bu haqda universitet matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“S.P.Korolev nomidagi Samara Milliy tadqiqot universiteti olimlari va muhandislari sport mashg‘ulotlarida ham, turli kasalliklar, jumladan, COVIDdan keyin ham nafas olish va qon aylanish tizimlarini tiklashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ixcham tibbiy nafas olish simulyatorini ishlab chiqdi”, deyiladi xabarda.
Simulyator - bu yuzning pastki qismiga taqiladigan hamda og‘iz va burunni qoplaydigan maxsus plastik niqob. Ushbu loyiha universitetning muhandislik markazi xodimlari tomonidan “Samozdrav” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirildi.
“Bizga tibbiy nafas olish simulyatorlarini ishlab chiqaruvchi Samara kompaniyalaridan biri murojaat qildi. Bunday simulyatorlar odatda ingalyator ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompaniya bizga simulyatorning yanada ixcham versiyasini ishlab chiqishni taklif qildi”, degan Samara universiteti muhandislik markazi direktori Ivan Zubrilin.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi simulyator ko‘p joy egallamaydi, uni yo‘lda olib ketish oson. Ta’kidlanishicha, niqob yuzga mahkam yopishadi, undan sport mashg‘ulotlarida, masalan, yugurish yoki kuch mashqlari paytida, shunchaki yurish paytida yoki uy ishlarini bajarishda, nafas olish tizimini mashq qilishda foydalanish mumkin.
Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, simulyator nafaqat bronxlar va o‘pka kasalliklari, balki yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori qon bosimi va stenokardiyada yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?