22:19 / 29.07.2022
1 826

Vazirlar, hokimlar va rahbarlarga birinchi galdagi vazifa eslatildi

Vazirlar, hokimlar va rahbarlarga birinchi galdagi vazifa eslatildi
Prezidentimiz barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini ta’kidladi.

Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq ta’limi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, «Avtosanoat», «Sanoat qurilish banki»da raqamlashtirish bo‘yicha natijalar borligi qayd etildi.

Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo‘mitasi, «Uzbekistan Airports», «Temir yo‘llari», «Agrosug‘urta»da ishlar ahvoli sust.

«Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam.

Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko‘maklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur
», dedi Prezident so‘zining yakunida.

So‘ng so‘z AKT vaziri Sherzod Shermatovga berildi. Vazir sohadagi muammo va takliflar yuzasidan axborot berdi.

Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan ochiq fikr almashdi.

«Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala – bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish o‘rinlari yaratish uchun o‘ta muhim zamin», dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqotdan so‘ng.

Davlatimiz rahbari maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlar direktor va rektorlariga murojaat qilib, ularni har bir o‘quvchi va talaba IT bilimlari va chet tillarini egallab chiqishlariga mas’ul bo‘lishga chaqirdi.

Bugun aytilgan barcha takliflar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi ta’kidlandi.

«Siz, yoshlardan hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, o‘rtoqlaringizga shuni yetkazishlaringizni so‘rayman.

Davlat tomonidan IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz. O‘zimdan boshlab hamma rahbarlar sizlar bilan doimiy muloqotda bo‘lamiz
», dedi Prezident uchrashuv yakunida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Vazirlar, hokimlar va rahbarlarga birinchi galdagi vazifa eslatildi