Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Astrum» akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi. Davlat rahbari muloqot chog‘ida so‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashganini qayd etdi.
«Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi.
Joriy yilning o‘zida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.
So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildik (68-o‘rindan).
IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o‘sdi. Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi», dedi prezident.
Uchrashuv chog‘ida Prezidentimiz e’tiborni kuchaytirib, yoshlarimizga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi.
«Bugungi muloqotimizni o‘tkazish uchun "Astrum" akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o‘qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta.
Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz», dedi davlatimiz rahbari.
Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin