Foto: DepositPhotos
9 avgust kuni O‘zbekistonda xorijiy kriptobirjalar bloklangani haqida xabar berilgandi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabariga ko‘ra, bir nechta litsenziyasi bo‘lmagan kriptobirjalarga cheklov o‘rnatilgan.
- Mazkur platformalar kripto-aktivlar bilan bog‘liq xizmatlarini taklif etib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda serverlarini mamlakatda o‘rnatmasdan odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini so‘rab olmoqda, — deyiladi agentlik xabarida.
Bunday kriptobirjalar operatsiyalarni amalga oshirish uchun hech qanday yuridik javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, tranzaksiyalarning qonuniyligini, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlanishi va maxfiyligini kafolatlay olmaydi.
Shuni inobatga olgan holda, litsenziyaga ega bo‘lmagan birjalar bloklandi.
O‘zbekistonda 2020 yildan beri mahalliy kriptobirjalar faoliyat olib bormoqda.
1 yanvardan esa o‘zbekistonliklarga kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirish huquqi beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»