date
views 10 130

Apple taqdimotida iPhone 14, iPhone 14 Plus va iPhone 14 Pro namoyish etildi (foto)

Apple taqdimotida iPhone 14, iPhone 14 Plus va iPhone 14 Pro namoyish etildi (foto)
Kadr: YouTube
Apple kompaniyasining yillik an'anaviy taqdimotida uzoq kutilgan yangi mahsulot — iPhone 14 taqdim etildi.

iPhone 14 Plus 6,7 dyuymli displeyga ega. Oddiy iPhone 14 iPhone 13 bilan bir xil displeyga ega. Ikkala smartfon ham iPhone 13 Pro kabi A15 protsessoriga ega.

Kadr: YouTube
Smartfon quvvatni 24 soatgacha saqlay oladi. iPhone 14 SIM-kartasiz chiqariladi: Apple kompaniyasining yangi smartfonlarida e-SIM-kartalar boʻladi. iPhone 14 2022 yil noyabr oyida sun'iy yoʻldosh orqali qoʻllab-quvvatlanadi (lekin hozircha faqat AQSh bozorida). Dastlabki ikki yil bu xususiyat bepul boʻladi. Sun'iy yoʻldosh aloqalari orqali qisqa xabarlar va geolokatsiyani yuborish mumkin.

iPhone 14 besh xil rangda chiqariladi va kuchli himoyalangan ekranga ega boʻladi. A15 chipida kamerani va suratni yaxshilovchi alohida boʻlim mavjud.

iPhone narxi 14 799 dollardan, 14 Plus esa 899 dollardan boshlanadi.

iPhone 14 Pro

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube
Narxlar: Pro 999 dollardan, Pro Max 1099 dollardan boshlanadi. 16 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Taqdimotda yangilangan Apple Watch Series 8 ham taqdim etildi. Yangi modelda tana harorati sensori, tsikl kuzatuvi, shuningdek, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari mavjud.

Kadr: YouTube
Apple Watch Series 8’ning yangi xususiyatlaridan biri foydalanuvchining baxtsiz hodisaga uchraganini avtomatik ravishda aniqlay oladigan va yordam chaqirishi mumkin boʻlgan texnologiyasi boʻladi.

Kadr: YouTube
Soatning narxi 399 dollardan boshlanadi.

Apple Watch Ultra

Kadr: YouTube
Apple Watch Ultra — titan korpusli va 49 mm tekis ekranli Apple Watch’ning keyingi avlodi.

Kadr: YouTube
Ekstremal sharoitlarda foydalanish uchun moʻljallangan. Soat quvvatni tejash rejimida 60 soatgacha, normal rejimda esa 36 soatgacha ishlay oladi.

Kadr: YouTube
Apple Watch Ultra'dagi yangi xususiyatlardan biri bu oʻrnatilgan sirena boʻlib, u deyarli 200 metr masofadan eshitiladi.

Kadr: YouTube
Narxi — 799 dollar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple taqdimotida iPhone 14, iPhone 14 Plus va iPhone 14 Pro namoyish etildi (foto)