
Foto: Reuters
Janubiy Koreya hukumati Alphabet Google va Meta Platforms (Facebook) xizmatlaridan maxfiylik qonunchiligini buzgani uchun o‘nlab million dollar jarima undirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mamlakatning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha komissiyasi (PIPC) o‘z bayonotida Google’ni 69,2 milliard von (50 million dollar) va Meta’ni 30,8 milliard von (22 million dollar) jarimaga tortganini bildirdi.
Kompaniyalar foydalanuvchilarining qiziqishlarini aniqlash yoki ularni moslashtirilgan reklamaga yo‘naltirish uchun xatti-harakatlar ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilishda ularning roziligini olmagan.
- Biz komissiya qaroriga qarshimiz. Har doim foydalanuvchilarga nazorat va shaffoflikni ta’minlaydigan, shu bilan birga eng foydali mahsulotlarni taqdim etuvchi doimiy yangilanishlarni amalga oshirishga sodiqligimizni ko‘rsatib kelganmiz, — dedi Google vakili.
Meta vakili esa kompaniya komissiya qarorini hurmat qilsa-da, mijozlar bilan qonuniy tarzda ishlayotganiga aminligini, shuning uchun komissiya qaroriga rozi emasligini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar