YouTube’dagi PhoneBuff kanali muallifi ikkita: Apple va Samsung flagmanlarining chidamliligini solishtirishga qaror qildi. Smartfonlar asfaltga turli burchaklardan tashlab yuborilgan va zararlar solishtirildi. Sinovda umumiy to‘rtta tur o‘tkazilgan. Ularning har biri smartfonlar tushgan joy bilan ajralib turadi. iPhone 14 Pro Max ham, Galaxy S22 Ultra ham 1,5 metr balandlikdan uloqtirilgan.
Birinchi tur — orqa tomoni bilan uloqtirish
- Samsung: bir nechta kichik yoriqlar va ramka shikastlanishi;
- iPhone: orqa panel butunlay yorilib ketgan va bitta kamera linzalari singan.
Ikkinchi tur — burchakka tushish
- Samsung: zarba bilan tushgan joyida yoriqlar bor, telefon yaxshi ishlaydi;
- iPhone: deyarli zararlanmagan.
Uchinchi tur — ekran tomoni bilan uloqtirish
- Samsung: butun displeyda «o‘rgimchak to‘ri» hosil bo‘ldi, barmoq izlari skaneri ishlamay qoldi;
- iPhone: shisha burchagi biroz yorilib ketdi.
To‘rtinchi tur — po‘lat panelga tushish
- Samsung: ekranda ishlamay qolgan piksellar paydo bo‘ldi;
- iPhone: orqa oynasi sindi.
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, telefonlar sinovdan bir xil darajada yaxshi o‘tgan. Ikkala qurilma ham sinov uchun belgilangan 40 balldan 38 ball oldi. To‘rt uloqtirishdan keyin ham qurilmalar yaxshi ishladi.
iPhone 14 Pro Max, Galaxy S22 Ultra, Krash-test “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi