“Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalar ilg‘or tajribalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrosanoat majmuida yagona elektron platforma axborot tizimi (“Agroplatforma”)ni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Belgilanishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agroplatforma” bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi “Agroplatforma”ni ishlab chiqish, joriy etish, uni texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirib borish uchun mas’ul operator etib belgilanadi.
“Agroplatforma” faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar loyiha-texnik hujjatlariga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari hisobidan amalga oshiriladi. “Agroplatforma” yagona integratsion platforma - “Raqamli qishloq xo‘jaligi” tarkibiga kiradi hamda “O‘zbekiston axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri”da ro‘yxatga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, tijorat banklari, “Agroservis”, “O‘zagrolizing”, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilari hamda tegishli korxona va tashkilotlar “Agroplatforma” orqali quyidagilarni: agrosanoat sohasidagi elektron xizmatlarni ko‘rsatishni; elektron hujjat aylanishini amalga oshirishni; integratsiyalashuv asosida o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agroplatforma” doirasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar yagona reyestrini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchisi maxsus identifikatsiya raqamini berish tartibini ishlab chiqib, unga muvofiq ishlarni tashkillashtiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi “Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalari bilan ma’lumot almashinuvini amalga oshirish orqali reyestrni joriy etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi