date
views 1 635

Xiaomi kompaniyasining 2022 yildagi eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

Xiaomi kompaniyasining 2022 yildagi eng yaxshi smartfonlari aniqlandi
Gizchina portali Xiaomi kompaniyasining uch toifa boʻyicha 2022 yildagi eng yaxshi smartfonlarini aniqladi.

Eng yaxshi flagman

Ushbu nomga Xiaomi 12 Pro loyiq topildi.

- Ekran: 6,73 dyuym, AMOLED (Quad HD+), 120 Gts yangilanish sur'ati.
- Protsessor: Snapdragon 8 Gen1.
- Kamera: asosiy — 50 Mp, 50 Mp ultrakengburchakli teleob'ektiv bilan kuchaytirilgan; selfi — 32 Mp.
- Akkumulyator: 4500 mAs.

Eng yaxshi oʻrta narxli smartfon

Xiaomi 12 Lite — uncha qimmat boʻlmagan, 6,55 dyuymli AMOLED-ekran (Full HD+, 120 Gts yangilanish sur'ati)ga ega smartfon.

- Protsessori — Snapdragon 778G.
- Kamera: asosiy — 108 Mp, ultrakengburchakli 8 Mp teleob'ektiv va 2 Mp makromodul; selfi — 32 Mp.
- Akkumulyator: 4300 mAs.

Eng yaxshi arzon smartfon

2022 yilda bu nom Redmi Note 11 Pro+ 5Gga berildi.

- Protsessor: Mediatek Dimensity 920.
- Ekran: 6,67 dyuym, AMOLED (120 Gts yangilanish sur'ati).
- Kamera: asosiy — 108 Mp, ultrakengburchakli 8 Mp teleob'ektiv va 2 Mp makromodul.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi kompaniyasining 2022 yildagi eng yaxshi smartfonlari aniqlandi