Foto: TechRepublic
2023 yildan boshlab milliondan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Coursera platformasining 3 ta asosiy yo‘nalishida bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatida ega bo‘ladi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.
25 oktabr kuni «IT-Education» forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, IT Park va Coursera bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, IT Park raqamli ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, hamda, Coursera Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Eduard Kan ishtirok etdi.
Tomonlar IT-ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Jumladan, memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023 yildan boshlab 1,2 million o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera ta’lim platformasida onlayn kurslarda qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Shu tariqa, milliondan ortiq o‘zbekistonliklar Coursera’dan bepul onlayn ta’lim, zamonaviy bilim va sertifikatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Coursera — xalqaro ochiq onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, u bir qator kognitiv va ta’lim dasturlarini, jumladan, interfaol loyihalar va o‘zaro sharhlar, kurslar, mutaxassisliklar, dastur sertifikatlarini taklif etadi.
Shuningdek, Illinoys, Duke, Google, IBM, Stenford, Imperial College London va boshqalar kabi yetakchi kompaniyalar va universitetlar bilan hamkorlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?