Twitter’ning yangi egasi, milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini «verifikatsiya» – tasdiqlash belgisi uchun pul to‘lashga majburlamoqchi. Obuna bo‘lmagan foydalanuvchilar 90 kun ichida tasdiq belgisini yo‘qotadilar.
The Verge nashriga ko‘ra, milliarder ijtimoiy tarmoq xodimlaridan yangilikni 7 noyabrgacha e’lon qilishni talab qilib, aks holda ishlab chiqish guruhini ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan.
Nashrning yozishicha, Mask 2021 yil iyun oyida taqdim etilgan pullik Twitter Blue obunasini qimmatroq versiyaga almashtirmoqchi. Twitter Blue foydalanuvchilarga tvitlarni tahrirlash kabi eksklyuziv funksiyalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi obuna oyiga $19,99 turadi. Abonentlar tasdiqlash belgilaridan tashqari qo‘shimcha funksiyalarni oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Mask bu ma’lumotga izoh bermagan. Biroq avvalroq Twitter uning «verifikatsiya» olish to‘g‘risidagi so‘rovlarini bir necha bor rad etganidan shikoyat qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biriga u «hozirda foydalanuvchilarga tasdiqlash belgisini berish jarayonlari qayta ko‘rib chiqilayotganini» aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?