19:51 / 09.11.2022
1 053

Mark Sukerberg Meta kompaniyasi 11 ming xodimini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi

Mark Sukerberg Meta kompaniyasi 11 ming xodimini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi
Foto: Bloomberg
Meta kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish dasturi doirasida 11 mingdan ortiq odamni yoki umumiy shtatning 13 foizini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda Meta bosh direktori Mark Sukerberg aytib o‘tgan.

- Nafaqat onlayn savdo avvalgi tendensiyalarga qaytmadi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning zaiflashishi, raqobatning kuchayishi va reklama daromadlarining yo‘qolishi bizning daromadimiz kutganimdan ham ko‘proq pasayishiga olib keldi. Buning uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman, — dedi Mark Sukerberg.

Sentyabr oyi oxirida Meta 87 mingdan ortiq xodimga ega edi. 2020 va 2021 yillarda kompaniya 27 mingdan ortiq yangi xodimlarni ishga qabul qilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar sentyabr oylarida uning xodimlari yana 15,3 ming kishiga ko‘paydi.

E’lon qilingan ishdan bo‘shatish munosabati bilan Meta 2023 yilgi xarajatlar prognozini ham pasaytirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mark Sukerberg Meta kompaniyasi 11 ming xodimini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi