13:19 / 12.11.2022
2 551

Smartfon josus: Siz kuzatuvda ekanligingizni anglatuvchi 3ta belgi ma’lum bo‘ldi

Smartfon josus: Siz kuzatuvda ekanligingizni anglatuvchi 3ta belgi ma’lum bo‘ldi
Smartfoningizdan uchinchi shaxslarga ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p dasturlar mavjud. Bu sizning joylashuvingiz, shaxsiy xabarlaringiz yoki hatto hisob ma’lumotlari bo‘lishi mumkin. Bu haqida Gem4me platformasi guruhi rahbari Vage Zakaryan ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buni quyidagi belgilar bilan bilib olish mumkin:
- Qurilmaning kutilmagan haddan tashqari qizishi;
- Internet-trafik iste’molining sababsiz o‘sishi;
- Batareyaning tez quvvatsizlanishi.

Telefoningizdan kutilmagan qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish yoki yo‘qligini aniq bilish uchun * # 21 # buyrug‘ini kiritishingiz kerak”, deydi Zakaryan.
Bundan tashqari, sizda o‘zingiz bilmagan holda o‘rnatilgan josuslik dasturi mavjudligini diqqat bilan kuzatib boring.

Negaki, endi tajribali firibgarning maxfiy ma’lumotlarni aniqlashi uchun masofadan ulanishi kifoya, deya xulosa qildi ekspert.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfon josus: Siz kuzatuvda ekanligingizni anglatuvchi 3ta belgi ma’lum bo‘ldi