1 040
Ilon Mask Twitter’ning 4 400 nafar xodimini ogohlantirishsiz ishdan bo‘shatgani aniqlandi
Mask Twitter xodimlarining deyarli 50 foizini ishdan bo‘shatgandan so‘ng, kompaniya yana bir qancha ishchi o‘rnini qisqartirdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Biroq bu safar to‘liq kunlik ishchi kuchi o‘rniga shartnoma bo‘yicha ishchilar lavozimidan ayrilgan. Hisobotga ko‘ra, Twitter o‘tgan hafta oxirida taxminan 4 400 nafar shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlarini ishdan bo‘shatgan.
Ijtimoiy media platformasining 5 500 nafar shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlaridan 4 400 nafari o‘zining ish loginiga kirish huquqidan mahrum bo‘lganidan keyin ishdan bo‘shatilganidan xabar topgan.
Twitter nomidan gapirish huquqiga ega bo‘lmagani uchun ism-sharifini oshkor qilishni istamagan xodimlar, ular hamkorlik qilayotgan pudratchilar bo‘shatilishidan oldin ichki ogohlantirish olmaganini bildirgan.
Shuningdek, hisobotga ko‘ra, Twitter o‘zining umumiy ichki aloqa guruhini ham ishdan bo‘shatgan. Ushbu bo‘shatishlar Twitter foydasiga amalga oshirilmoqda, chunki kompaniya har kuni katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?