Foto: «TASS»
Twitter'da bloklangan akkauntlar kelasi hafta davomida «amnistiya qilinadi» va blokdan chiqariladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning yangi egasi Ilon Mask ma’lum qildi.
Avvalroq, 23 noyabr kuni biznesmen o‘z sahifasida taqiqqa tushgan akkauntlarni «qonunlarni buzmaslik» va spam tarqatmaslik sharti bilan blokdan chiqarish-chiqarmaslik haqida so‘rov tashkil qildi. G‘oyani ovoz bergan foydalanuvchilarning 72,4 foizi qo‘llab-quvvatladi, 27,6 foizi qarshi chiqdi.
«Xalq o‘z fikrini bildirdi. Amnistiya kelasi hafta boshlanadi. Vox Populi, Vox Dei («xalqning ovozi — Xudoning ovozi»)», — deb yozdi Mask ovoz berish yakunlanganidan keyin.
Mask ushbu lotincha iborani AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini blokdan chiqarish bo‘yicha so‘rov tashkil qilganida ham qo‘llagan edi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra sahifa blokdan taqiqdan chiqarildi — qarorni ishtirokchilarning 52 foizi qo‘llab-quvvatladi. Trampning o‘zi ijtimoiy tarmoqqa qaytishdan voz kechdi.
Trampning Twitter'dagi akkaunti 2021 yil yanvarida, prezident tarafdorlari Kongress binosiga shiddatli hujum uyushtirganidan keyin bir umrga bloklab qo‘yilgandi. Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati versiyasiga ko‘ra, Tramp o‘z postlarida hujumchilarga erk bergan. Shuningdek, prezidentning Facebook va Instagram'dagi akkauntlari ham bloklangan.
Mask 2022 yil mayida, uning Twitter bilan oldi-sotdi bitimi hali yakunlanmagan paytda, Trampning akkauntini qaytarishga tayyorligini aytgandi. «Bu xato deb o‘ylayman, chunki bu mamlakatning katta qismini qochirib yubordi va oxir-oqibat Donald Trampning fikr bildirish huquqidan mahrum bo‘lishiga olib keldi», — degan edi u sobiq prezidentning ijtimoiy tarmoqda bloklanishi haqida.
Trampning o‘zi esa 2022 yil aprelida baribir Twitter'ga qaytmoqchi emasligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?