22:04 / 26.11.2022
1 098

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Mobil-ID tizimi nega muhim?

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Mobil-ID tizimi nega muhim?
Foto: Adliya vazirligi
Adliya vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Mobil-ID tizimi nima uchun kerakligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tizim nima maqsadda joriy qilindi?

Davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish, ya’ni onlayn foydalanish uchun eng muhim narsa bu – shaxsni identifikatsiya qilish. Ana shunday identifikatsiya vositasi sifatida ko‘p yillar davomida elektron raqamli imzo kaliti qo‘llanib kelingan. Elektron raqamli imzo kaliti (ERI) kalitining asosiy kamchiliklaridan biri shunda ediki, ushbu kalit orqali mobil qurilmalar smartfonlar orqali onlayn xizmatdan foydalanish murakkab bo‘lgan.

Ana shu maqsadda hamda hozirgi rivojlanayotgan hayot tarzi kompyuterdan ko‘ra ko‘proq mobil telefonlardan foydalanish ommalashayotganini inobatga olib, davlat xizmatlaridan aynan mobil qurilmalar va telefonlar orqali keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Mobil-ID tizimi joriy qilindi.

Mobil-ID imkoniyatlari nimada?

Ushbu tizim fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Masalan, hozirda 3,1 milliondan ortiq faol elektron imzo mavjud bo‘lib, ularning amal qilish muddati 2 yilni tashkil etadi. Mobil-ID tizimi esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan 24 million aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Jumladan:
  • OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
  • Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
  • elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha berilgan arizalarni tasdiqlash;
  • foydalanuvchi o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlari «Elektron hukumat» tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish kabilar shular jumlasidandir.

Mobil-ID tizimida qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Mobil-ID tizimi shaxsni uning – mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi. Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun bir marotaba shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurish kifoya, bunda:
  • davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish va mobil raqamni ma’lum qilish kerak;
  • operator yoki notarius tizim orqali «one.id» tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganlikni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘linsa, ro‘yxatdan o‘tkazadi;
  • tizim orqali biometrik ma’lumotlar tasdiqlanadi;
  • telefon raqamga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish pullimi?

Mobil-ID tizimini ommalashtirish maqsadida fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022 yil 31 dekabrga qadar to‘lov undirmasdan amalga oshirilmoqda. 2023 yil 1 yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Mobil-ID tizimi nega muhim?