Foto: Zuma Press
Yaqinda bankrot bo‘lgan kriptovalyuta birjasi — FTX bilan yaqindan ishlagan AQSHning yirik kriptovalyuta birjasi BlockFi ham bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, BlockFi kriptovalyutalarda taxminan 14 dan 20 milliard dollargacha bo‘lgan foydalanuvchi depozitlarini to‘plagan va ular tomonidan kafolatlangan 7,5 milliard dollarlik kreditlarni bergan. Birja FTXdan mablag‘ni faol jalb qilgan, ular hatto bir nuqtada BlockFi'ni sotib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan.
AQSH kriptovalyuta bozori FTX bankrotligi e’lon qilinganidan so‘ng beqarorlik davrini boshdan kechirishda davom etmoqda.
Avvalroq Bloomberg Genesis kriptovalyuta birjasi bankrotlik yoqasida ekanligi haqida xabar bergan edi. 4 noyabr kuni FTX Twitter'da bankrotlik to‘g‘risida ariza berganini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?