O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilari soni 31 mln. dan ortdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 29,5 mln. ni tashkil etadi. Bu haqda 14 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi «Hukumat soati»da ma’lum qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga javob bergan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov xalqaro va shaharlararo telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga yetkazilganini qayd etdi. Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazilgan.
Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2021 yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishilgan. Shuningdek, 2021-2022 yillarda qo‘shimcha 102 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurish orqali ularning umumiy uzunligi 170 ming kilometrga yetkazilgan.
«2020 yil yakunida 2,7 mln.ta nuqtada keng polosali Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi ikki yilda qo‘shimcha 1,7 mln. keng polosali portlar o‘rnatilishi natijasida jami 4,4 mln.ta uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, so‘nggi ikki yilda 22 300 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 54,0 mingtaga yetkazildi», – deydi AKT vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?