Foto: Xiaomi
Xiaomi o‘zining birinchi aqlli Mijia Smart Fish Tank akvariumini rasman namoyish etdi. Uni Mi Home ilovasi orqali masofadan boshqarish, jumladan, baliqlarni oziqlantirish mumkin. Bunda ozuqa miqdori va uning baliqlarga berish grafigi mijoz tomonidan kiritiladi. Agar avtomatik rejim mos kelmasa, har safar ozuqa hajmi haqida o‘ylamasdan ovqatlantirish tizimini qo‘lda ishga tushirish mumkin.
Bundan tashqari, akvariumda suv nasosi, yoritish moslamasi, filtrlash tizimi va harorat sensori bor - undan olingan ma’lumotlar tashqi tomondan kichik ekranda ko‘rsatiladi va ilovada takrorlanadi. Bir tugmani bosib, akvarium suvini nasos bilan to‘kib tashlash mumkin.
Foto: Xiaomi
Nasos aqlli rejimda ishlaydi: baliq turlari va zichligiga avtomatik moslashadi. U o‘z-o‘zini tozalash mexanizmiga ega bo‘lib, akvariumni suv o‘tlari, ozuqa qoldiqlaridan avtomatik tarzda tozalaydi. Shu sababli, suvni olti oygacha almashtirish shartmas.
Akvariumda, shuningdek, turli xil rejimlarda ishlashi mumkin bo‘lgan yoritish moslamasi ham bor. Ilova orqali yorug‘lik miqdori o‘zgarishini sozlash mumkin.
Akvarium 29,5×44,6 sm o‘lchamga ega, hajmi litrda ko‘rsatilmagan.
Xiaomi Mijia Smart Fish Tank kraudfanding maydonida 28 dekabr kuni savdoga chiqariladi. Unga 50 dollarga oldindan buyurtma berish mumkin. Kraudfanding tugagandan so‘ng, akvarium ommaviy sotuvga chiqariladi, lekin uning narxi oshishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?