13:00 / 31.12.2022
1 127

2022 yil kriptovalyuta o‘g‘irlashlar soni bo‘yicha rekord yil bo‘ldi

2022 yil kriptovalyuta o‘g‘irlashlar soni bo‘yicha rekord yil bo‘ldi
Foto: The420
Finbold hisobotiga ko‘ra, joriy yilda kriptovalyutalarni o‘g‘irlashlar soni 9 dekabr holatiga ko‘ra 190 taga yetgan. Bu kriptovalyutani o‘g‘irlashning 132 ta holati qayd etilgan 2021 yilga nisbatan 44 foizga ko‘p va statistika davridagi mutlaq rekorddir.

Bu yil o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori bo‘yicha ham rekord o‘rnatildi. 23 mart kuni kiber hujumlar oqibatida Ronin loyihasi tarmog‘idan 173,6 ming ethereum va 25,5 USDC stabilkoinlari o‘g‘irlandi.

Avvalgi rekord 2021 yil avgustida Poly Network platformasini buzib kirgan xaker tomonidan o‘rnatilgan edi. Ushbu ro‘yxatning uchinchi o‘rnida 2022 yil oktabr oyida 570 million dollar yo‘qotishga olib kelgan Binance xakeri joylashgan.

Finbold hisobotida ta’kidlanishicha, kibero‘g‘rilarning o‘g‘riliklarga bo‘lgan yondashuvlari ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi.

Agar ilgari xakerlar shaxsiy raqamli hamyonlarni buzishga harakat qilishgan bo‘lsa, so‘nggi oylarda markazlashmagan moliya loyihalari ularning eng keng tarqalgan maqsadiga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2022 yil kriptovalyuta o‘g‘irlashlar soni bo‘yicha rekord yil bo‘ldi