16:05 / 04.02.2023
314

Telegram'da 2023 yildagi ilk yangilanishlar

Telegram'da 2023 yildagi ilk yangilanishlar
Foto: Telegram
3 fevral kuni Telegram messenjeri 11 ta asosiy funksiyadan iborat 2023 yildagi ilk yangilanishlarni taqdim qildi.

Asosiy yangiliklardan biri – chatlardagi xabarlarni tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ldi. Endilikda Premium foydalanuvchilar (pulli obuna egalari) yuqoridagi Tarjima paneli yordamida butun chatlar, guruhlar va kanallarni tarjima qilishi mumkin. Parametrlar menyusida panelni bekitish va qaysi tillar tarjima qilinishini boshqarish imkoni bor.

Qolgan barcha foydalanuvchilar esa alohida xabarlarni tanlash va «Tarjima qilish» tugmasini bosish orqali tarjima qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, foydalanuvchi Telegram'dagi kontaktlarni tahrirlashda ular uchun profil rasmlarini belgilash yoki taklif qilishi mumkin.

Tarmoqdan foydalanish ko‘rsatkichlari

Wi-Fi va mobil internet uchun batafsil doiraviy diagrammalar bilan Telegram uchun qancha trafik ishlatganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, trafik rejaga mos kelishi uchun avtomatik yuklab olish sozlamalarini o‘zgartirish mumkin.

Kiruvchi mediani avtomatik saqlash

Endilikda “Sozlamalar” menyusi orqali qurilma galereyasiga avtomatik ravishda saqlanadigan chat turlarini tanlash, shuningdek, saqlanadigan media fayllar hajmi va turini belgilash mumkin.

Bundan tashqari, faqat kerakli rasm va videolar saqlanishi uchun alohida chatlarga istisno qo‘shsa bo‘ladi.

Media yuborish ruxsatlari

Adminlarda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Endi guruh a’zolariga rasmlar, videolar, ovozli yoki video xabarlar kabi 9 ta turli media turini yuborishga ruxsat berish yoki bermaslik huquqini adminlarga berish mumkin.

Faqat media yuboriladigan guruhlarni yaratish uchun matnli xabarlar yuborishni taqiqlash hamda faqat ovozli xabarlar yoki testlarni yuborishga ruxsat berilgan guruhlar yaratish mumkin.

Shuningdek, Telegram Premium'ning bir yillik obunasiga birdaniga to‘lov uchun 40% chegirma joriy qilingan.

Telegram rasmiy reliziga ko‘ra, Apple va Google ID bilan qayta hisobga kirish mumkin bo‘ladi. Bunda hisobidan chiqqan foydalanuvchilar Apple yoki Google ID yordamida SMS kodni kiritmasdan tezda qayta kiradi. Agar 2 bosqichli tekshiruv paroli yoqilgan bo‘lsa, parolni kiritish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, bot dasturchilari foydalanuvchilarga oldindan belgilangan mezonlarga mos keladigan guruh, kanal yoki odamlarni tanlashga yordam beradigan maxsus tugmalarni qo‘shishi mumkin.

Qolgan o‘zgarishlar yangi maxsus va interaktiv emojilar, emoji turkumlari hamda emoji profil rasmlariga taalluqli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram'da 2023 yildagi ilk yangilanishlar