
Yaqinda Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Tab S seriyasidagi planshetlarning ikkinchi avlodi ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda Tom’s Hardware nashri.
Yangi modellardan biri haqida allaqachon ba’zi ma’lumotlar tarqalib ulgurdi. Mish-mishlarga ko‘ra, u 9,7 dyuymli va 2048×1536 pikselli Super AMOLED displey bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, u to‘rt yadroli ARM Cortex-A57 prosessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 8 megapikselli asosiy va 2,1 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, planshet metall romli ingichka korpusga joylanadi. O‘lchamlari 237,1×168,8×5,4 mm, og‘irligi 407 grammga teng bo‘ladi. Qurilma Android 5.0.2 Lollipop operasion tizimida ishlaydi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar