01:48 / 13.04.2023
117

Ilon Mask Twitter platformasini sotmoqchi ekanini aytdi

Ilon Mask Twitter platformasini sotmoqchi ekanini aytdi

Foto: Reuters

Tesla va SpaceX asoschisi, 2022 yildan beri Twitter ijtimoiy tarmog‘iga rahbarlik qilayotgan Ilon Mask, agar mos xaridor topsa, platformani sotishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u BBC nashriga bergan intervyusida gapirdi.

Milliarderning fikricha, yangi kompaniyani boshqarish oson emas.

«Bu shunchaki bazm emas, juda og‘riqli jarayon. Lekin bu zerikarli emas, bu xuddi attraksionga o‘xshaydi», dedi Mask.

Tadbirkor so‘nggi bir necha oy ichida Twitter kompaniyasidagi vaziyat stressli bo‘lganini ta’kidladi, biroq kompaniyani sotib olishni to‘g‘ri qaror deb hisoblamoqda. Mask so‘zlariga ko‘ra, endi Twitter yaxshi ishlamoqda.

Shuningdek, tadbirkor ijtimoiy tarmoqdagi botlarni aniqlagach, kompaniyani sotib olishga kamroq pul to‘lamoqchi bo‘lganini tan oldi. Shuningdek, agar unga Twitter uchun 44 milliard dollar taklif qilinsa, sotmasligini aytdi. Biroq, milliarderning ta’kidlashicha, agar yangi xaridor haqiqatni aytish g‘oyasiga sodiq bo‘lsa, kelishuv amalga oshishi mumkin.

Ilon Mask Twitter platformasini sotib olishni 2022 yil 27 oktyabrda yakunladi. Shartnoma summasi 44 milliard dollarni tashkil etdi. Tadbirkorning o‘zi sotib olish qarorini insoniyatga yordam berish istagi bilan izohladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask Twitter platformasini sotmoqchi ekanini aytdi