date

Samsung bukiluvchan smartfonlarni ishlab chiqardi

Samsung bukiluvchan smartfonlarni ishlab chiqardi

Gajetlar bozori juda tez o‘zgarmoqda. Yaqin orada bozorda bukiluvchan smartfonlar paydo bo‘lishi mumkin. Samsung yangi gajetlar g‘oyasi haqida 2008 yilda bosh qotira boshlagandi. Aynan hozir kompaniya uni amalga oshirishga har qachongidan yaqin keldi. Unga ko‘ra, kompaniya tez orada bir emas ikkita egiluvchan qurilmani tadqim etishi mumkin, deya xabar beradi Uzreport.uz sayti.

Ularning ikkisi ham OLED-ekranlari bilan jihozlanadi. Qurilmalarning birinchisi o‘zida ham smartfon ham planshentni birlashtiradi. Ochilgan holatda ekran diagonali 8 dyuymni tashkil etadi.

Samsung bukiluvchan smartfonlarni ishlab chiqardi - O‘zbekiston yangiliklariIkkinchi qurilma oddiy smartfonga o‘xshaydi, biroq u ikkita qilib yig‘iladi. Samsung bundan avval ham qurilmaning ekranini bukish imkoniyatini beradigan texnologiyadan foydalangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yil avval kompaniya katta hajmli ekran va kompakt hajmli gajetni bir butunlikda jamlash imkoniyatini namoyish qilgan. So‘nggi qurilmalar esa kelgusi yil Barselonada o‘tkaziladigan Mobile World Congress, ko‘rgazmasida taqdim qilinishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung bukiluvchan smartfonlarni ishlab chiqardi