date

LG televizorlari chivinlarni haydaydi

Chivinlarni qo‘rqituvchi televizorlar avlodini LG kompaniyasi ommaga namoish etdi. Ushbu oynai jahon qurilmalari o‘z ichiga ultratovush tarqatuvchi maxsus generatorni oladi, generator tarqatgan ultratovush to‘lqinlari odamlar va uy hayvonlari uchun havfsiz deya habar beradi mail.ru saytining yangiliklar bo‘limi.

Ayrim mamlakatlar uchun bunday qurilmalar muhum sanaladi. Sababi Xindistonning rasmiy poytahti sanalmish Nyu-Dehlining o‘zida bir yil ichida chivinlar orqali yuqadigan 16 mingta Denge lihoradkasiga chalinish holatlari kuzatilgan.

Mazkur texnologiya kimyoviy tarkib yoki nurlantiruvchi xususyatga ega emas. LG kompaniyasi 2014 yilda ham chivinlarni haydovchi bunday qurilmalarni kondisionerlarga o‘rinatgan holda sotuvga chiqargan edi.
LG televizorlari chivinlarni haydaydi

Ultratovush to‘lqinlarini tarqatuvchi qurilma televizor yongani zahotiyoq ishga tushadi. Zarur hollarda qurilma televizor o‘chirilgandan keyin ham ishlab turishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi “antichivin” qurilmasi bilan jihozlangan televizorlarni ayni damda faqat Xindistonga etkazib berayotganini, ammo boshqa mamlakatlarga etkazib berish rejasi hali ko‘zda tutilmagani haqida ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » LG televizorlari chivinlarni haydaydi