Foto: Samsung
Taniqli Gizmochina resursiga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Galaxy S23 liniyasi sotuvi keskin pasaygani tufayli, arzon Galaxy S23-FE smartfonini chiqarishni tezlashtirishga qaror qildi. Yangi smartfon taqdimoti kelasi oy bo‘lib o‘tishi ehtimoldan xoli emas.
Ammo, ehtimoliy xaridorlar Qualcomm Snapdragon versiyasini kutmasligi kerak. Smartfonga faqat Exynos 2200 chipi o‘rnatiladi.
Agar mish-mishlar tasdiqlansa, bu Galaxy S23-FE sotuviga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Garchi yangi model Galaxy S21-FE smartfoniga nisbatan samaraliroq bo‘lsa-da, uni hozirgi Samsung flagmanlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Exynos 2200 chipi foydalanuvchilar orasida unchalik yaxshi obro‘ga ega emas.
Samsung Galaxy S23 FE smartfoni ko‘rsatkichlari:
- Ekran: AMOLED, Full HD+, 120 Gs;
- Protsessor: Exynos 2200;
- Xotira: 6/8 GB LPDDR5, 128/256 GB UFS 3.1;
- Batareya: 4500 mAch, quvvatlantirish 25 Vt;
- OT: Android 13, One UI 5.1.
Smartfon kamerasiga kelsak, quyidagilar ma’lum: old kamerada piksel o‘lchami 1,12um bo‘lgan 12 megapikselli sensor bo‘ladi. Asosiy kamera, ehtimol, Galaxy S22/S23 kabi 50 megapikselli sensor bilan jihozlanishi aytilmoqda.
Galaxy S-FE modellari foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida yaratilgan bo‘lib, ulardan eng yaxshi xususiyatlarni va shu bilan birga flagman modellaridan arzonroq narxda olishni xohlaydigan brend muxlislariga mo‘ljallangan. Masalan, 2022 yil boshida chiqarilgan Galaxy S21-FE qimmatroq Galaxy S21 xususiyatlariga ega bo‘lib, undan ham kattaroq ekran va batareya quvvatiga ega bo‘lgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?