Foto: Apple
Apple kompaniyasi ayfonlarda zaiflikni joriy qilish uchun AQSH maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilmaganini bildirdi. Reuters agentligi kompaniya bayonotini e’lon qildi.
«Biz hech qanday hukumat bilan hech qanday Apple mahsulotiga bekdor (zaiflik)ni joriy qilish bo‘yicha ishlamaganmiz va hech qachon ham buni qilmaymiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
1 iyun kuni «FSB» ayfonlardan foydalangan holda «Amerika maxsus xizmatlarining razvedka harakati»ni fosh qilgani haqida xabar berdi. Rossiya maxsus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha ming smartfon zararlangan.
«FSB» «Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar va elchixonalarda, jumladan, NATO bloki va postsovet hududidagi davlatlar, shuningdek, Isroil va XXR vakillarida ro‘yxatdan o‘tgan sim-kartalarda xorijiy raqamlar va abonentlarni zararlash faktlarini aniqlaganini ma’lum qildi. «FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, bu Apple kompaniyasining Amerika razvedkasi, jumladan, AQSH Milliy xavfsizlik agentligi bilan «yaqin hamkorligi»dan dalolat beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Angela Merkel Trampning saylovdagi g‘alabasidan xafa bo‘lganini tan oldi