15:15 / 02.06.2023
71

Ilon Mask Twitter'ning nomini o‘zgartirmoqchi

Ilon Mask Twitter'ning nomini o‘zgartirmoqchi
Twitter bosh direktori Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni rebrending qilish rejalarini tasdiqladi.
 
T(w)itter Daily News portali o‘z akkauntida Maskning yaqinda bergan bayonotidan iqtibos keltirilgan post chop etdi, unda biznesmen kelajakda ijtimoiy tarmoqning funksional imkoniyatlari kengayishi, shu sababli Twitter brendi bunga mos tushmasligini aytgan.
 
Shuningdek, u yangilanadigan platformada eski Twitter'ga qaraganda uzunroq postlar, videolar chop etish, xabarlar almashish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lishini ma’lum qilgan.
 
Bir necha soatdan so‘ng portal posti ostida Maskning tasdiqlovchi izohi paydo bo‘ldi.
“To‘g‘ri”, — deb yozadi tadbirkor, biroq tafsilotlarni keltirmadi.
 
Avvalroq Twitter Ilon Maskning X Corp komaniyasi bilan birlashgandan so‘ng amalda mustaqil faoliyatini to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi. Florida okrug sudi qarorida aniqlik kiritilishicha, qonuniy birlashish 2023 yil 4 aprelda amalga oshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask Twitter'ning nomini o‘zgartirmoqchi