Foto: Umteh.com
Xitoyning 360 Security Technology kompaniyasi mashhur ChatGPT chat-botiga o‘xshash o‘z servisini taqdim etdi.
Antivirus dasturlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan korporatsiya 360 Zhinao 4.0 dasturini yaratdi. Kompaniya vakillari ushbu platforma matn, tasvir, nutq va videoni qayta ishlash imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.
360 Security Technology asoschisi Chjou Xunyining ta’kidlashicha, xitoy tilidagi modellar "allaqachon GPT-4 ni o‘ta yuqori tezlikda quvib yetmoqda".
Shu bilan birga, Xunyi xitoylik muhandislarning ishlanmalari hali ChatGPT'dan ikki-uch yil orqada ekanini tan oldi.
Kompaniya shuningdek, 360 Zhinao 4.0 dasturi qidiruv tizimi, brauzer va boshqa mahsulotlarga integratsiyalashganini ma'lum qildi.
OpenAI 2022-yil oxirida sun'iy intellekt ChatGPT'ni taqdim etgandi.
ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — sun’iy intellekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi.
ChatGPT loyihasiga bir vaqtlar Ilon Mask sarmoya kiritgan. Hozirda uning asosiy sarmoyadori Microsoft kompaniyasi hisoblanadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft ChatGPT chatboti uchun yana 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring