15:31 / 27.02.2015
8 480

O‘zbekistondagi ilk nodavlat internet-telekanal Sevimli nomi ostida ish boshlaydi

O‘zbekistondagi ilk nodavlat internet-telekanal Sevimli nomi ostida ish boshlaydi

O‘zbekistondagi ilk nodavlat internet-telekanal Sevimli nomi ostida ish boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy elektron OAVlari assosiasiyasi xabar bermoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonda nodavlat internet-telekanal mart oyidan sutkasiga 20 soatdan texnik efirga chiqishi, unda turli axborot, musiqiy-ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuv va dasturlar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Xabar berishlaricha, loyiha Toshkent shahri va hududiy telestansiyalar – Andijonda YoTRK, Qo‘qonda “Muloqot-TV”, Buxoroda “Istiqlol-TV”, Jizzaxda “Jizzax-TV”, Qarshida “Nasaf-TV”, Samarqandda “STV”, To‘rtko‘lda “To‘rtko‘l-TV”, Nukusda “Nukus-TV”ni qamrab oladi.

Telekanal “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda tutilgan talablarni bajarish maqsadida, birinchi galda, data-journalism kabi zamonaviy va ilg‘or formatlarni joriy etadi.

Qayd etishlaricha, telekanal ko‘rsatuv va dasturlari butun O‘zbekiston bo‘ylab hududiy telestansiyalar huzurida tashkil etilgan Yoshlar telestudiyalari jurnalistlari tomonidan tayyorlanadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistondagi ilk nodavlat internet-telekanal Sevimli nomi ostida ish boshlaydi