Foto: appleinsider.com
Amerikaning Apple kompaniyasi iPhone smartfonini xuddi qog‘oz kabi o‘rash imkonini beruvchi texnologiyani patentladi. Tegishli patent AQSH profil byurosi saytida e’lon qilindi.
Hujjatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, patentga ariza Apple tomonidan 2022 yil noyabrida topshirilgan. Chizmalarda smartfonning o‘raladigan elektron displeyi ko‘rsatilgan. U o‘ralgan ekranni himoya qiladigan yupqa shisha va komponentlarga ega.
«Displey holatini o‘zgartirishi mumkin: u yoyilgan holda ishlatiladi, tashish va qulay saqlash uchun o‘raladi. Shuningdek, ekranni qisman o‘ralgan holda ham ishlatsa bo‘ladi», deyiladi hujjatda.
Hujjatda, shuningdek, patent an’anaviy elektron displeylar uchun ekanligi ta’kidlangan. Biroq Apple arizada dizaynni smartfonlar uchun ishlatish mumkinligini alohida qayd etgan.
Manbada ta’kidlanganidek, Apple ushbu texnologiyadan iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishda foydalanmoqchi. Mish-mishlarga ko‘ra, Samsung va Motorola kabi kompaniyalar ham bu borada ishlamoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring