Bugatti giperkar ko‘rinishidagi qo‘l soatini taqdim etdi (foto)

Bugatti giperkar ko‘rinishidagi qo‘l soatini taqdim etdi (foto)
Bugatti giperkar ko‘rinishidagi qo‘l soatini taqdim etdi (foto)
Foto: “Korrespondent.net”

Jacob & Co kompaniyasi qiymati million dollarga teng bo‘lgan giperkar ko‘rinishidagi Bugatti Chiron qo‘l soatini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” nashri.

Soatni faqatgina Bugatti avtomobilining egalari Fransiyaning sharqiy mintaqasidagi Molseym shahridan sotib olishi mumkin. Sababi Bugatti kompaniyasi 1909-yilda Fransiyaning aynan shu shahrida tashkil etilgan.

Bugatti giperkar ko‘rinishidagi qo‘l soatini taqdim etdi (foto)
Foto: “Korrespondent.net”

Soat Fransiya bayrog‘i ranglaridagi qimmatbaho toshlar — 148 dona ko‘k safir, 45 ta oq olmos va 149 dona yoqut bilan bezatilgan. Siferblatda mashhur W16 dvigatelining miniatyura versiyasi mavjud. Shu orqali soat haqiqiy motorning porshenlari zarbasini taqlid qiladi.

Bugatti giperkar ko‘rinishidagi qo‘l soatini taqdim etdi (foto)
Foto: “Korrespondent.net”

Siferblat sapfir va yoqut soat belgilari bilan, daqiqa shkalasi esa olmos bilan bezatilgan. Umuman olganda, Bugatti Chiron Tourbillon Molsheim Edition 578 ta komponentdan iborat. Soat suv o‘tkazmaydi va 30 metrgacha chuqurlikda ishlay oladi.

Bugatti giperkar ko‘rinishidagi qo‘l soatini taqdim etdi (foto)
Foto: “Korrespondent.net”
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar