19:05 / 20.07.2023
132

iPhone'ning 2007 yilda ishlab chiqarilgan birinchi avlod qurilmasi 190 000 dollarga sotildi

iPhone'ning 2007 yilda ishlab chiqarilgan birinchi avlod qurilmasi 190 000 dollarga sotildi

Foto: “Korrespondent.net” 

iPhone'ning birinchi avlod qurilmasi 190 373 000 dollarga sotildi. Gadjet auksionga qo‘yilgan vaqtda zavoddan chiqarilgan o‘ramida bo‘lgan.

LCG Auctions ma’lumotlariga ko‘ra, bu narx smartfonning 2007 yilda chiqarilgan paytdagi narxidan deyarli 380 baravarga qimmat. Gadjetning o‘sha paytdagi narxi 499 dollar edi.

Bundan tashqari, 4 gigabaytli modeli sotuvlar hajmining orqada qolishi va 8 gigabaytli modelining chiqarilishi tufayli ishga tushirilgandan ikki oy o‘tgach to‘xtatilgan. Gadjetning 4 gigabaytli modeli soni u bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 8 gigabaytli modelidan 20 baravarga kam.

Bu so‘nggi paytlarda auksionda rekord narxda sotilgan uchinchi original iPhone hisoblanadi.

 Joriy yilning fevral oyida 8 gigabayt xotiraga ega model 63 000 dollarga, 2022 yilning oktyabr oyida yana bir shunga o‘xshash model 39 000 dollarga sotib olingan. Barcha smartfonlar asl o‘ramida muhrlangan bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone'ning 2007 yilda ishlab chiqarilgan birinchi avlod qurilmasi 190 000 dollarga sotildi