Woy-Wo' internet-to‘lovlar portali ishga tushirildi

Woy-Wo' internet-to‘lovlar portali ishga tushirildi
Woy-Wo' internet-to‘lovlar portali ishga tushirildi

Yagona umumrespublika prosessing markazi (YaUPM) Woy-Wo' yagona internet-to‘lovlar portalini ishga tushirdi, deya xabar berdi «Gazeta.uz" sayti.

Portalda bir qancha internet-do‘konlari, shuningdek, uyali aloqa, internet-provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Etkazib beruvchilar ro‘yxati hozircha katta emas, ammo uni shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

Ishlab chiquvchilarning qayd etishicha, portal elektron kommersiya ishtirokchilari — xaridorlar va sotuvchilarni bevosita bog‘lab, to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hamda mahsulot va xizmatlarni sotish vaqtini qisqartirishga imkon tug‘diradi.

Portal yoki Uzcard ilovasidan ro‘yxatdan o‘tganlar Woy-Wo' login va parolidan foydalanishlari mumkin.

Portalning mobil ko‘rinishi va mobil ilovasi yaqin vaqtlar ichida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar