
Telekommunikasiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya Ericsson Amerika sudiga Apple kompaniyasi ustidan ettita yangi da’vo berdi, shuningdek Xalqaro savdo bo‘yicha AQSh komissiyasiga Apple mahsulotlarini Amerika bozorida sotishni taqiqlashni talab qilib, so‘rov berdi. Bu haqda «CNews.ru» xabar berdi.
Shvesiyaning Ericsson kompaniyasi Apple’ni o‘zining mobil qurilmalarda simsiz aloqa texnologiyalari, shuningdek mobil qurilma ekranida ma’lumotlarning aks etishi, energiya iste’molini kamaytirish va mobil operasion tizimining ishlash tamoyili kabilarga asoslangan jami 41 ta patentini buzishda aybladi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar