Xitoy startapi QOOLA Pro ixcham tashqi konditsionerni taqdim etdi. Bu haddan tashqari terlash va issiqlikka chidamsiz odamlar uchun haqiqiy yechimdir.
Qurilma tananing istalgan qismiga - qo‘llar, oyoqlar, orqa va hatto yuzga biriktirilishi mumkin. Buning uchun uzunligi sozlanishi mumkin bo‘lgan maxsus tasma mavjud. Ishlab chiquvchilar uni belga joylashtirishni tavsiya qiladilar, bu holda salqin havo butun tana atrofida aylanadi.
Gadjetning og‘irligi atigi 190 gramm, shuning uchun u amalda noqulaylik tug‘dirmaydi.
Konditsioner haroratini 12°S dan 21°S gacha sozlash mumkin. Sovutish uchun atigi 30 soniya vaqt yetarli ekani, bitta zaryad bilan 8 soat davomida sovutish mumkinligi aytilmoqda.
QOOLA Pro tashqi haroratga qarab quvvatni avtomatik ravishda o‘zgartira oladigan sun’iy idrok rejimiga ega. Muhandislar qurilmani smartfondan boshqarish uchun maxsus mobil ilovani ham ishlab chiqdi.
QOOLA Pro uchun 69 dollarga (taxminan 830 ming so‘m) oldindan buyurtma berish mumkin. U noyabr oyidan xaridorlarga yetkazib beriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring