Apple kompaniyasi 12-sentabrdagi uzoq kutilgan taqdimotida Apple Watch 9, Apple Watch Ultra 2, iPhone 15, 15 Plus, 15 Pro va 15 Pro Max’ni namoyish qildi.
Asosiy yangiliklardan biri barcha taqdim etilgan iPhone’larda USB-C ulagichining paydo bo‘lishi. U ilgari Apple tomonidan telefonlarda qo‘llanilgan Lightning o‘rnini egallaydi. Kichik iPhone 15 va 15 Plus modellari ilgari faqat Pro modellarida mavjud bo‘lgan Dynamic Island’ni oldi. Telefon, shuningdek, ikkinchi avlod Ultra Wideband chipini ham oldi, buning yordamida masofada joylashgan qurilmalarga uch barobar tezroq ulanishi mumkin. Qurilmalarda ovozni izolyatsiya qilish funksiyasi ham mavjud.
iPhone 15 va 15 Plus’ning orqa yuzasi xira oynali qoplamaga ega. Telefonlarning asosiy kamerasi 48 megapikselni tashkil qiladi. Kichikroq modellar beshta — pushti, sariq, och yashil, ko‘k, qora rangda chiqariladi. iPhone 15 ning ekrani 6,1 dyuymli, 15 Plus ekrani esa 6,7 dyuymli bo‘ladi.
iPhone 15 Pro va 15 Max titandan ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu modellar iPhone’ning eng yengil pro versiyalariga aylanadi. iPhone 15 Pro’da tovush rejimlarini almashtirish uchun jismoniy tugma bo‘lmaydi, balki uning o‘rniga maxsus harakat tugmasi bo‘ladi.
Yangi iPhone’lar 75 foiz qayta ishlangan alyuminiy, 100 foiz qayta ishlangan kobalt, 100 foiz qayta ishlangan mis va shishadan tayyorlangan. Smartfon yangilangan OLED Super Retina displey bilan jihozlangan. Eng yuqori yorqinlik 2000 nitga yetadi.
iPhone 15/15 Plus kameralari haqida qisqacha:
Yangi iPhone’lar Apple A16 Bionic chipi bilan ishlaydi. Kompaniya optimallashtirish va energiya tejamkorligi ustida ishlagan, buning natijasida iPhone’lar endi kun bo‘yi quvvatlanmasdan ishlashi mumkin.
So‘nggi U2 chipi ham qurilma tarkibidan joy olgan. U yangi Apple Watch Series 9 va Apple Watch Ultra’da ham qo‘llaniladi. Apple endi SOS Satellite qamrovini kengaytirish uchun AAASat bilan hamkorlik qilmoqda.
iPhone 15 Pro Max modeli yangi periskop telefoto kamerasi bilan besh marta optik masshtabga ega bo‘ldi, shuningdek, aniqroq tasvirlarni taqdim etishi kerak bo‘lgan qulay stabilizatsiya funksiyasiga ega. iPhone 15 Pro 3x kattalashtiruvchi kamera bilan qoldi.
iPhone 15 — 799 dollardan, 15 Plus — 899 dollardan, 15 Pro — 999 dollardan va 15 Pro — 1199 dollardan boshlanadi. Yangi iPhone modellariga oldindan buyurtmalar 15-sentabrda ochiladi, sotuvlar esa 22-sentabrga rejalashtirilgan.
Apple Watch Series 9 va Ultra 2
Soat endi yangi imo-ishorani qo‘llab-quvvatlaydi. Endi qurilma bilan ishlash uchun ekranga tegmasa ham bo‘ladi. Buning uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqni bir-biriga ikki marta tekkazish kifoya. Yangi protsessor oldingi modelga qaraganda o‘rtacha 50 foizga tezroq.
Maksimal ekran yorqinligi 2000 nit (oldingi modelga nisbatan ikki marta). Batareya muddati taxminan 18 soat. Ultra 2 qimmatroq model bo‘lib, u ikki barobar ko‘proq ishlaydi va yorqinroq (ekran 3000 nit). Apple Watch 9 — 399 dollar/499 (SIM karta bilan), Ultra esa 799 dollarga baholanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring