Internetda iPhone 7’ning ilk videosi paydo bo‘ldi

Internetda iPhone 7’ning ilk videosi paydo bo‘ldi
Internetda iPhone 7’ning ilk videosi paydo bo‘ldi

Apple kuz oylarining boshida taqdim etishi kutilayotgan iPhone 7 smartfonining ilk videosi internetda paydo bo‘ldi. Bu kadrlardagi apparat avvalgi “ayg‘oqchi” suratlardagidek, deb yozmoqda "Kun" sayti.

Unga xos bo‘lgan xususiyatlar orasida – asosiy kamera modulini yashiruvchi bo‘rtiqning yangi shakli, orqa qopqoqdagi plastik liniyalarning o‘zgartirilgan geometriyasi, shuningdek quloqchinlar ulanadigan 3,5 millimetrli slotning yo‘qligi e’tiborni tortdi.

Kecha suratlari paydo bo‘lgan 4 ta prototipni bir joyda birlashtirgan videoda barcha smartfonlar iPhone 6s bo‘yicha tanish bo‘lgan 4 xil rangda ishlab chiqarilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar