Foto: Suzuki
Yaponiyaning Suzuki kompaniyasi Japanese Mobility Show tadbirida MOQBA deb nomlangan yangi turdagi transport vositasi konsepsiyasini taqdim etdi.
U harakatlanish va muvozanatni ta’minlash usulini mustaqil ravishda tanlaydigan robotdir. Mototsik tekis yuzada harakatlanadigan g‘ildiraklar bilan ham jihozlangan, biroq u notekis joylarda ham harakatlana oladi.
MOQBA maksimal tezligi 32 km/s ekani aytilmoqda. U akkumulatori to‘liq quvvatlantirilgach, 80 km masofani bosib o‘tish imkoniga ega.
MOQBA faqat bitta odamni ko‘tara oladi. Mototsiklning afzalligi shundaki, odam uni boshqarishi shart emas, faqat yo‘nalishni belgilash kifoya. Bu harakatlanishi cheklangan yoki jarohatlanganlarni tashish imkonini beradi.
Mazkur ixtiro tibbiyot muassasalarida bemorlar, keksa odamlarni tashishda ayni muddao bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring