06:35 / 24.11.2023
94

Ekspert: Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanadi

Ekspert: Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanadi

Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanishni ham biladi. Bu haqida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti Strategik izlanishlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov Srutnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prikda ma’lum qildi.

Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Moskva - Minsk - Ostona - Yerevan - Toshkent - Tbilisi "Raqamli proksi urushlar: ijtimoiy tarmoqlar fuqarolar ongini qanday manipulyatsiya qilmoqda" mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar, fuqarolar ongini manipulyatsiya qilishda G‘arb texnologiyalari xavfi, xorijiy mamlakatlar media makonida axborot xurujlari, axborot sabotaji, axborot proksi urushlari kabi masalalarda so‘z yuritishdi.

Yoshlarni soxta axborotdan qanday himoya qilish kerak degan savolga rossiyalik ekspert “yolg‘on axborotlarga qarshi to‘g‘ri axborot oqimini yaratish kerak”, degan javob berdi.

Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanishni ham biladi. Shuni uchun platformalarga qarshi emas, tarqatilayotgan yolg‘on axborotlarga qarshi to‘g‘ri axborot oqimini yaratishimiz kerak”, — deydi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti Strategik izlanishlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan TikTok ijtimoiy tarmog‘i “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgani uchun Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestriga kiritilgan. O‘tgan yili Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan uchrashuvda O‘zbekistonda TikTok vakolatxonasini ochishni taklif qilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ekspert: Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanadi