19:11 / 30.11.2023
66

Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent metrosida ilk bor kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu tizim dastlab “Xalqlar do‘stligi” bekatida yo‘lga qo‘yildi.

Metrodan foydalanganda yo‘l haqini to‘lash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. O‘tish joyida Uzinfocom’ning Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Fuqaro kaftini skaner ustiga tutganida tizim uni identifikatsiya qiladi va undan avtomatik tarzda to‘lov yechib olinadi. Buning uchun bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali yo‘lovchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi zarur.

Qayd etilishicha, jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablag‘i bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng to‘lov uchun kaftning o‘zi kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz to‘lovni amalga oshirish mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi