06:30 / 17.01.2024
270

Telegram'da yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Telegram'da yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Foto: Getty Images

Telegram bir qator funksiyalarni yangiladi, endilikda foydalanuvchilar bir martalik ovozli va videoxabarlar yuborishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bunday ovozli va videoxabarlar tinglangandan so‘ng darhol yozishmalardan o‘chib ketadi. Shuningdek, foydalanuvchilar video yoki audioxabarlarni yozib olish vaqtida pauzaga qo‘yishi, keyin yuborishdan oldin uni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu yangilik ilovaning yangilangan versiyasida mavjud.

Dekabr oyi oxirida Telegram qo‘ng‘iroqlarga yangi animatsiyalar va rangli fon qo‘shgandi, ular bosqichga qarab o‘zgaradi: qo‘ng‘iroq paytida, suhbat davomida va muloqot tugaganidan keyin. Bundan tashqari, messenjer botlarni yaratish uchun bepul platformasini takomillashtirdi, bu esa ishlab chiquvchilarga oddiy chatbotlarni ham, mini-ilovalarni ham ilovaning ekotizimiga kiritishga imkon berdi. Misol uchun, botlar xabarlarga reaksiyalar yuborishi, reaksiyalar, aforizmlar va havolalarni boshqarishi hamda boshqa chatlarga javob berishi mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram'da yangi funksiyalar paydo bo‘ldi