date

Microsoft endi qoplamali noutbuklarni ishlab chiqaradi

Microsoft endi qoplamali noutbuklarni ishlab chiqaradi

Microsoft kompaniyasi alkantara tekstili qoplangan noutbuklarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi mahsulot ustida dizayner Reychel Bell ishladi, buning uchun unga bir yarim yil kerak bo‘ldi, deb WWD asosida “Kun” xabar beradi.

Bellning so‘zlariga ko‘ra, mato ushlaganda yoqimli va foydalanuvchiga qulaylik hissini beradi.

Prototipni yaratishda dizaynerlar bir necha vazifalarni bajarishlari kerak bo‘lgan: birinchidan, matoning zichligini ta’minlash zarur bo‘lsa, ikkinchidan, shunday qilish kerakki, u "kir ko‘taradigan" bo‘lishi kerak. Bir qoplamaning ishlab chiqarilishiga besh haftagacha vaqt ketadi, narxi - 159 dollar.

Bellning fikricha, yangi mahsulotni tarqatish uchun eng istiqbolli bozorlar AQSh va Yaponiya bo‘ladi.

Alkantara tekstili patentlangan bo‘lib, u Italiyaning Alcantara SpA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Mato 1970-yillarda yapon olimi Miesi Okamoto tomonidan ishlab chiqilgan. Bugungi kunda bu matodan mebel, kiyim dekori, avtomobil salonlari va yaxtalar intereri uchun foydalaniladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Microsoft endi qoplamali noutbuklarni ishlab chiqaradi