Foto: Google Images
Tesla 2025 yil o‘rtalarida Redwood ishchi nomi ostida yangi elektromobil modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.
Avtomobil ommaviy iste’molchi uchun mo‘ljallangan “ixcham krossover” sifatida taqdim qilinadi.
Elektromobilning boshlang‘ich narxi taxminan 25 ming dollarni tashkil qiladi. Krossoverning arzonligi kompaniyaga 2023 yilning so‘nggi choragida sotuvlar bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketgan BYD kabi Xitoy kompaniyalari bilan raqobatlashish imkonini beradi.
Manbalarga ko‘ra, Tesla haftasiga 10 mingga yaqin yangi avlod elektromobil ishlab chiqarish niyatida.
2023 yil noyabr oyida kompaniya egasi Ilon Mask Shimoliy Amerikada yangi Cybertruck elektr pikapi prototipi taqdimotidan to‘rt yil o‘tib sotuv boshlanganini e’lon qildi. Mazkur avtomobilning AQSHdagi boshlang‘ich narxi 61 ming dollarni tashkil qiladi.
Foto: Google Images
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring