Foto: Istock
Gadjetlarning to‘satdan ishlamay qolishi, har doim katta yo‘qotish bo‘lishi turgan gap. Birinchi o‘rinda — moliyaviy. Buning oldini olish uchun smartfon ishidagi eng kichik o‘zgarishlarga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Smartfoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiradigan beshta belgi haqida quyida bilib olishingiz mumkin.
1. Telefon quvvati besh soat yoki undan ham kamroq vaqt ichida tugaydi. Smartfonning oddiy quvvati — biz uchun hamma narsadir. Agar telefoningizning quvvati tushlikkacha yetmasa, bu yangisini sotib olish haqida o‘ylash uchun ajoyib sababdir.
2. Dasturiy ta’minotni yangilanishning imkoni bo‘lmayaptimi? Ishlab chiqaruvchilar dasturiy ta’minotning yangilangan versiyalarini smartfon chiqarilgandan keyin 3-4 yil o‘tgach to‘xtatadi. Bu borada Apple kompaniyasi eng saxiysi bo‘lib qolmoqda, chiqarilganidan 9-10 yil o‘tib ham qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani yo‘q.
3. Ichki xotiraning yetishmasligi. Bu shunchaki noqulay ekanligidan tashqari, smartfoningizning o‘zi ham bundan zarar ko‘radi. Smartfon xotirasi allaqachon to‘lgan bo‘lsa, telefonning ishlashida umumiy sekinlikni sezsangiz hayron bo‘lmang.
4. Ilovalar doimiy tarzda ishdan chiqadi. Sababi smartfon sezilarli darajada eskirgandan sodir bo‘ladi va doimiy yangilanib turadigan ba’zi ilovalarni yuklab bo‘lmaydi.
5. Yomon kamera. Bu yerda hech qanday variant yo‘q. Yomon kamera qurilmangizni o‘zgartirish haqida o‘ylash uchun dalildir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi