12:47 / 16.02.2024
188

Dunyoda ilk bor interaktiv ko‘ylak yaratildi (video)

Dunyoda ilk bor interaktiv ko‘ylak yaratildi (video)
Foto: Euronews
Nyu-York moda haftaligida dizayner Kristian Kouen FW24 kolleksiyasidagi Adobe Project Primrose nomli interaktiv libosini taqdim etdi. Ko‘ylak yaratilish jarayonini o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

Ushbu libosni yaratishda Adobe tadqiqotchisi va muhandisi Ti Jey Rouds, Project Primrose muallifi Kristina Dirk hamkorlik qildi.

Interaktiv libos ikki qismdan iborat. Yuqori qismi lazer yordamida kesilgan va qo‘lda ishlov berilgan suyuq kristall dispersiyalardan tayyorlangan 1264 dona barglardan iborat. Ular model yurganida tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Pastki qismi esa kumush rangli yulduz shaklidagi yorqin dekordan tuzilgan.

Adobe interaktiv libosining har bir qismi ostida egiluvchan elektron plata yashiringan bo‘lib, ko‘ylak ranglarini almashtirish imkonini beradi.

Foto: Theawesomer
Bunday libosni yaratish loyihasi 2013 yilda boshlangan. 2017 yilga kelib Project Glasswing hamkorlik qilishni boshladi. Umumiy hisobda interaktiv libos yaratilishiga 10 yillik tadqiqot va tajribalar kerak bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyoda ilk bor interaktiv ko‘ylak yaratildi (video)